Tibbiyot texnikumi talabasi pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro Sh.Sh. fuqaro Sh.ga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetning 1-kursini tamomlaganligi haqida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik ushbu hujjat asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi talabasi O.D. fuqaro G.ning farzandini tanishlari yordamida ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter