Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotini uch nafar olim qo‘lga kiritdi
Shvetsiyada Nobel haftaligi boshlangani va bugun, 7-oktyabr kuni fiziologiya va tibbiyot sohasidagi mukofot laureati nomi ma’lum bo‘lishi haqida xabar bergandik.
Bir necha daqiqa avval e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, fiziologiya va tibbiyot sohasida 2019-yilgi Nobel mukofotini Uilyam Kelin, Piter Ratkliff va Gregg Semensa qo‘lga kiritishdi. Bu haqda «Independent» nashri xabar berdi.
Bu uch olim hujayralarning kislorod miqdoriga sezuvchanligi va moslashuvchanligi mexanizmini ochishdi.
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti har yili hayot haqidagi fanlar va tibbiyot sohasida ajoyib kashfiyot qilgan deb hisoblangan shaxs yoki guruhga beriladi.
Bu yilgi g‘oliblar mukofot puli sifatida oltin medal, diplom va to‘qqiz million shved kronasi (740 000 funt sterling) bilan taqdirlanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter