Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab formasi bo‘yicha yangi qaror e’lon qilindi

Maktab formasi bo‘yicha yangi qaror e’lon qilindi

Hukumat qaroriga (271-son, 19.05.2022-y.) ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi (ilgari 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi).

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy budjet hamda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi.

Shuningdek, 2022-yil 10-avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning  savdo shoxobchalari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, davlat maktablari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi shakllari Hukumatning 15.08.2015-yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan edi.

Qayd etish lozimki, ikki yil avval umumiy o‘rta ta’lim maktablarida majburiy formani joriy etish keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va majburiy forma joriy qilinishi 5 yilga kechiktirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring