«Tez yordam» xodimlarini kaltaklagan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Kecha, 16-oktyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida «Tez tibbiy yordam» xodimiga tan jarohati yetkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar IIBB bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur hodisa «qahramon»i Arsen M. Ismli shaxs 01 964 QJA davlat raqamli «Tez tibbiy yordam» avtoulovining o‘rta eshigini yulib olib, haydovchi 1958-yilda tug‘ilgan X.N.ga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Arsen M.ga nisbatan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter