Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez-tez shamollamaslik uchun nima qilish kerak? Mutaxassis tavsiya qiladi

Tez-tez shamollamaslik uchun nima qilish kerak? Mutaxassis tavsiya qiladi

Foto: The Lung Centre

Yilning sovuq oylarida shamollash bilan bog‘liq kasalliklar ko‘payadi, buning sababi odamlar yashaydigan yoki ishlaydigan binolardagi havoning quruqligi, deya ta’kidladi genetik-metabolist Svetlana Peres.

Havo yaxshi aylanmaydigan, namlik darajasi past uylarda yashovchilar o‘rtasida kasallanishlar nisbatan ko‘p uchraydi.

«Namlik viruslarning harakatlanishini susaytirib, tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Bir necha odam issiq va quruq joyda to‘planganida shamollash, gripp viruslari, shuningdek, ayrim bakteriyalar va zamburug‘larning tarqalishi ehtimoli ancha oshadi», — tushuntirdi Peres.

Virusli kasalliklardan himoyalanish mumkin. Buning uchun xonani muntazam shamollatib, havoning namlik darajasini saqlab turish kerak. Toza havoda sayr qilish, begonalar bilan muloqotda masofani saqlash lozim, tavsiya qildi u.

Immunitetni oshirish ham muhim: to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni odat qilish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring