Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texnikum direktori o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Texnikum direktori o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Urgut tumanida fuqaroga texnikumni tamomlaganligi haqida diplom olib berishni va’da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi» direktori o‘rinbosari I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o‘qishga kiritib, 2021-2022 o‘quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va’da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring