Texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibi o‘zgarmagan
O‘tgan yili texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega. Bu boradagi tartib xali bekor bo‘lmagan.
“Ammo, joriy yilda ushbu tartibga bir qator o‘zgartirilish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan, hozirgi kunda tasdiqlanishi kutilmoqda. Biroq hozirgi vaqtda bu tartib amalda turibdi, shu sababli qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan taqdirda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qilinadi”, – deydi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamat Mamanazarov.
Esaltib o‘tamiz, Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko‘ra, o‘tgan yildan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘lgan edi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasida bo‘lish uchun esa:
- texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5” (a’lo) va “4” (yaxshi) bo‘lishi;
- bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5” (a’lo) bo‘lishi;
- birorta “3” (qoniqarli) bahosi bo‘lmasligi kerak.
Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ushbu havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter