Test natijalari qachon to‘liq e’lon qilinishi aytildi
Respublika bo‘ylab 13-sentyabrda hamma imtihonlar tugatiladi. Ayrim hududlarda barvaqtroq tugaydi. Masalan, Farg‘onada 11-sentyabr kuni 1-smenada test sinovi tugatiladi.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida xabar berildi.
17-sentyabr kuni tana harorati baland bo‘lib test sinovlariga kirolmagan abituriyentlar uchun test o‘tkaziladi.
24-sentyabrgacha bo‘lgan muddatda esa tanlovlar natijalari to‘liq e’lon qilish rejalashtirilyapti.
«Appelyasiya shikoyati muddati bo‘yicha ma’lum qilinadi. Appelyasiya onlayn rejimda olinadi», —deydi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.
Avvalroq, test savollarini rasmga olib tarqatganlar natijasi hisoblanmasligi va imtihondan chetlatilishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter