Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizdagi «Alpomish» kurash majmuasining tomi qulab tushdi

Termizdagi «Alpomish» kurash majmuasining tomi qulab tushdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi «Alpomish» kurash majmuasi binosining tomi qulab tushgani haqidagi tarqalgan xabarlarga Qurilish vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil 5-may kuni «Alpomish» kurash majmuasi tom qismi buzilib, yerga qulab tushishi kuzatilgan.

Kurash zali binosi 1999-yilda qurilgan bo‘lib, uning tom qismida murakkab konstruktiv yechimli «Kislovodsk» tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydalanilgan. Umumiy maydoni 2800 kvadrat metrni tashkil etuvchi kurash zali tomining yarmi buzilib, yerga qulagan (taxminan 1700 kvadrat metr) va yaroqsiz holatga kelgan.

Hodisa oqibatida kurash majmuasi xodimlari sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmagan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuchli shamol Nukus va Qarshidagining uylarning tomini uchirib yuborgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring