Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda Markaziy va Janubiy Osiyo tarixiga oid festival o‘tkazish taklif qilindi

Termizda Markaziy va Janubiy Osiyo tarixiga oid festival o‘tkazish taklif qilindi

Ayni vaqtda Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda so‘zlagan nutqida muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, davlat rahbari mintaqa o‘tmishi haqida gapirdi va barcha davlatlar tarixan biri-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidlab o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev umumiy tarixiy qadriyatlarimizni birgalikda o‘rganishga chaqirdi hamda Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy qadriyatlari festivalini tashkil etish tashabbusini bildirdi.

Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, davlat rahbari ushbu festivalni Termiz shahrida o‘tkazishni taklif qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring