Termizda baxshichilik san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
Termiz arxeologiya muzeyida “Surxon vohasi- baxshilar diyori” nomli ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirda elimiz suygan baxshi-shoirlar tomonidan dostonlardan parchalar ijro etildi.
Tadbir ishtirokchilari xalq og‘zaki ijodining qadimiy namunalarini tiklash va milliy qadriyatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan baxshilarning milliy kiyimlari, do‘mbiralari va bir qator noyob buyumlarlar hamda baxshi-shoirlar ijodi va faoliyatiga doir qiziqarli ma’lumotlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.
— Yurtingizdagi ko‘plab tadbirda ishtirok etib kelmoqdaman. Ushbu ko‘rgazmada ishtirok etganimdan xursandman, — deydi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabasi Ra’no Sherzod. — Afg‘on farzandlari yaxshi ta’lim olish uchun keng imkoniyatlarni yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnadorchilik bildiraman. O‘tkaziladigan festival haqida gapiradigan bo‘lsam, afg‘on yoshlari ham o‘tkaziladigan tadbirni intiqlik bilan kutyapmiz. Festival ta’surotlarini yurtimiz yoshlariga ham ulashish niyatidaman.
Ko‘rgazma 10 aprelgacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter