Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda «Aqlli bekat»lar paydo bo‘ldi

Termizda «Aqlli bekat»lar paydo bo‘ldi

Foto: «Xalq so‘zi»

Termiz shahar hokimligi tashabbusi bilan innovatsion jamoat transporti bekatlari ishga tushirilmoqda, deb xabar berdi «Xalq so‘zi».

Mazkur «Aqlli bekat»da jamoat transport harakat jadvali, favqulodda aloqa axborot paneli, atrof-muhit monitoringi sensori, bepul Wi-fi internet, video nazorat, USB elektr tarmog‘i, bank to‘lov terminallari, poyabzal tozalash uskunalar hamda qulay o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Quyosh panellari esa bekatni avtonom elektr energiyasi bilan muntazam ta’minlashga, uchta bo‘linmaga ega chiqindi qutichalari atrof-muhit ozodaligi va yo‘lovchilar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.

Mavsumiy iqlim o‘zgarishlari inobatga olingan holda, ochiq va yopiq kutish zallarida tezkor ma’lumotlar olish uchun maxsus tablolar ham joylashtirilgan bo‘lib, innovatsion oynalar kechki vaqtda katta ekran vazifasini ham o‘taydi. Unda namoyish etiladigan ijtimoiy va tijorat reklama roliklarini nafaqat tashqaridan, balki, ichkaridan ham kuzatish mumkin.

Nashrning ma’lum qilishicha, Termiz shahrida 50 ta ana shunday «Aqlli bekat» qurish rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan ikkitasi foydalanishga topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring