Termiz shahrida zamonaviy «Aykel» bolalar bog‘chasi ochildi (foto)

Surxondaryo viloyatida ham muayyan o‘zgarishlar, yangi qiyofalar kashf qilinmoqda. Ana shunday yangiliklardan biri - Termiz shahrida «Aykel» bolalar bog‘chasining ochilishidir. Yer maydoni 20 sotixlik zamonaviy me’yorlar asosida qurilgan mazkur bog‘cha 3 qavat va 3 binodan iborat bo‘lib, 150 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan.
Muassasada bolalar uchun barcha sharoitlar mavjud. Jumladan, sport zali, turli xil to‘garaklar uchun maxsus xonalar, logotip, pediatr hamda tibbiyot hamda yoz va qishga mo‘ljallangan yuvinish xonalari, kutubxonalar bor. Bolajonlarga ingliz, rus va koreys tillarini o‘rgatish uchun iqtidorli pedagoglar jalb etilgan.
Bog‘cha hovlisida ixchamgina suzish havzasi, mashg‘ulot va musobaqalar uchun sport maydonchasi hamda rang-barang attraksionlar barpo etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter