Terminator vaksina olmayotganlarga o‘sha mashhur so‘zini takrorladi
Terminator vaksina tarafdori. Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger koronavirusga qarshi emlashga chaqirdi va antikovidniklarni qattiq tanqid qildi, deb xabar berdi MIR 24.
«Virus bor va u odamlarni o‘ldirmoqda. Buning oldini olishning yagona yo‘li — emlanish, niqob taqish, masofa saqlash va qo‘lni muntazam yuvish. «Ular erkinligimni bo‘g‘moqda!» deya qichqirmang. Yo‘q !!! Erkinligingizni mahkam ushlang, chunki erkinlik bilan birga majburiyat va mas’uliyat keladi», — dedi aktyor.
Shvarseneggerning o‘zi yanvar oyida emlandi. 73 yoshli aktyor buni Los-Anjelesda vaqtincha tibbiy yordam punktiga aylantirilgan stadionda amalga oshirdi. Arni hatto mashinadan ham chiqishiga to‘g‘ri kelmadi. Keyin esa aktyor o‘z muxlislarini undan o‘rnak olishga chaqirdi va «Terminator-2» filmidagi mashhur iborasini takrorladi:
«Yashashni istasang, men bilan yur».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter