Terining sog‘lomligini ta’minlaydigan mahsulotlar

A, E, C vitaminlari va foliy kislotasiga boy oziq-ovqatlar teri sog‘lomligini ta’minlaydi, deydi yevropalik dermatolog Leya Ansel va diyetolog Stef Grasso.
Anselning so‘zlariga ko‘ra, hech qanday parhez yosh terini tiklay olmaydi, lekin uni yaxshi holatda saqlay oladigan mahsulotlar mavjud. Rezavorlar, kartoshka, bargli ko‘katlar, brokkoli, avakado va baliqlar bu xususiyatga ega.
Grasso, shuningdek, terini namlik bilan ta’minlash uchun har kuni namlikni ushlab turadigan ovqatlarni iste’mol qilish kerakligini qo‘shimcha qildi. Bu zig‘ir urug‘lari, kungaboqar urug‘lari, shuningdek, qovoq urug‘lari, bodom, yong‘oq, avakado va tuxum bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, shokolad teriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu shirinlik tarkibida yallig‘lanishni kamaytiradigan flavonoidlar va antioksidantlar mavjud. Biroq, bu faqat tarkibi 70 fozidan ortiq kakaoni o‘z ichiga olgan shokoladga tegishli, deb xabar beradi Daily Mail nashri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter