Koronavirusdan tuzalgan tergovchilarga mukofot berildi
Xizmat davomida fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, «Covid-19» kasalligini yuqtirgan xodimlar davolanib, yana o‘z ishlariga qaytishdi.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qilishicha, jinoyatlarni tergov qilish va boshqa masalalarda fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib koronavirus infeksiyasiga chalingan bir guruh tergov xodimlariga sog‘ligini tiklashi uchun maxsus fonddan 20 nafar xodimga 1 million so‘m miqdorida moddiy yordam puli berilgan.
Shuningdek, xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib, qonunbuzarlikka qarshi kurashishda o‘zini namoyon etgan bir qator xodimlarga Tergov departamentining maxsus qo‘l soatlari va xizmatda maxsus foydalanish uchun noutbuklar topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter