Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tennis. Toshkentda Devis kubogi saralash bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi (video)

Tennis. Toshkentda Devis kubogi saralash bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi (video)

Devis Kubogi saralash bosqichi doirasida tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari AQSh sportchilariga qarshi kortga chiqdi.

Ushbu bellashuvning ikkinchi kunida Sanjar Fayziyev va Sergey Fomin tandemi AQSh terma jamoasi a’zolari Ostin Kraychek - Rajiv Ram juftligiga qarshi kurish olib bordi va 2:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, ikki jamoa o‘rtasidagi to‘rtinchi bahsda Sergey Fomin – Tommi Pol bellashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo murabbiylar shtabi yosh va umidli tennischi Amir Milushevga imkoniyat berishga qaror qilishdi. Garchi 17 yoshli Milushev tajribali Denis Kudlaga bahsda 4:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, katta tajribaga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston tennis terma jamoasi Devis Kubogining bu yilgi saralash bahslaridagi yurishini to‘xtatdi.

Devis Kubogi

O‘zbekiston — AQSh - 0:4

1. Sergey Fomin - Makkenzi Makdonald - 4:6, 1:6.

2. Humoyun Sultonov - Tommi Pol - 1:6, 6:7.

3. Sanjar Fayziyev/Sergey Fomin — Ostin Kraychek/Rajiv Ram - 2:6, 4:6.

4. Amir Milushev - Denis Kudla - 4:6, 4:6.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring