Temiryo‘l vokzallariga pasportsiz ham kirish mumkin bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, fuqarolarga temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishlariga ruxsat beriladi.
Transport vazirligining qayd etishicha, endilikda temir yo‘l vokzallariga tashrif buyuruvchilar soddalashtirilgan holda ya’ni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz vokzal hududiga kirishlari mumkin.
Yo‘lovchilar platformasiga-perronga yo‘lovchi poyezd chiptalariga ega bo‘lgan yo‘lovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yo‘lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o‘tishlari mumkin.
Chiptalari yo‘q shaxslar, shuningdek, chiptada ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bo‘lmagan fuqarolarning yo‘lovchilar platformasi-perronga va yo‘lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘lovchilar platformasiga-perronga yo‘lovchi poyezd chiptalariga ega bo‘lgan yo‘lovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yo‘lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o‘tishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar temir yo‘l vokzallariga pasportsiz kirish mumkin emas edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter