Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telekommunikatsiya tarmoqlaridan noqonuniy foydalanganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Telekommunikatsiya tarmoqlaridan noqonuniy foydalanganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Foto: fmc.si

Prezident «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Qonun matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Ushbu qonunda telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga ko‘ra:

  • O‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek, mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ular faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish – eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
  • Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Qonun, 2018-yil 23-oktyabrdan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring