Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»dagi firibgar qo‘lga tushdi

«Telegram»dagi firibgar qo‘lga tushdi

Fuqaro R. telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali fuqaro M. bilan tanishib, o‘zaro suhbatlari davomida M. unga avtosalondan «Spark» rusumli avtomashina xarid qilmoqchi ekanligini aytadi. Shunda R. oson pul topishni rejalashtiradi va jinoiy niyatini amalga oshirishga kirishib, «shapka» berish orqali avtomashina olish uchun shartnomani tezroq ramiylashtirishni aytib fuqaro M.ni aldash yo‘li bilan pullarni qo‘lga kiritishni niyat qiladi.

Fuqaro R. 2018-yil 28-yanvar kuni fuqaro M.ni aldab, unga guyoki avtosalonda tanishi borligi, ushbu tanishi orqali Buxoro shahridagi avtosalondan «Spark» rusumli avtomashina sotib olish uchun tuziladigan shartnomani rasmiylashtirish va avtomashinani qisqa vaqtlarda olib berish mumkinligi, buning uchun tanishiga 400 AQSh dollari berishi lozimligini ma’lum qiladi.

M.ni bunga ishontirib va pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yo‘li bilan 2018-yilning 29-yanvar kuni Buxoro shahri Zafarobod ko‘chasida M.dan 300 AQSh dollari olgan vaqtida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlanadi.

R.ni aybi jinoyat ishida to‘plangan va sud muhokamasida tekshirilgan dalillar, jumladan pullarga ishlov berish va ularni arizachiga topshirish haqidagi bayonnoma, diktofon taqdim etish, arizani tekshirish va ko‘zdan kechirish bayonnomasi va unga ilova qilingan fotosuratlar bilan, R.ning iqrorlik arizasi, Buxoro viloyat IIB ekspert kriminalistika bo‘limining ekspert xulosasi va unga ilova qilingan fotosurat bilan hamda jinoyat ishida to‘plangan va sud majlisida muxokama qilingan boshqa ish hujjatlari bilan o‘z tasdig‘ini to‘liq topgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi tomonidan R. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 1-qismi va 28, 211-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 59-moddasi tartibida unga tegishli jazo tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring