Telegram pulli bo‘lishi mumkin
Telegram messenjerida pulli — Premium xizmatlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Premial obuna haqidagi ma’lumotni iOS uchun Telegram 8.7.2 beta-talqinida uchratishgan. Hozircha uni faollashtirib bo‘maydi.
Premium obuna ko‘p sonli rekatsiyalar, yorliqlardan foydalanish imkonini beradi, jo‘natilgan stikerlar qabul qiluvchining butun ekranini egallaydi va h.o.
Telegramga obuna bo‘lish narxi hozircha ma’lum emas. Telegram kompaniyasi vakillaridan rasmiy munosabat bo‘lgani yo‘q.
2020-yili messenjer asoschisi Pavel Durov ilovada pulli obuna paydo bo‘lishini aytgandi. Ushbu chora Telegram mustaqilligini saqlab qolishga xizmat qiladi, degandi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter