Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» foydalanuvchilariga xakerlar hujum qildi

«Telegram» foydalanuvchilariga xakerlar hujum qildi

Foto: «Vedomosti»

Shimoliy koreyalik xakerlar «Telegram» foydalanuvchilariga hujum uyushtirishdi. Bu haqda «Ozod Osiyo» radiosi «Kasperskiy laboratoriyasi»ga asoslanib xabar tarqatdi.

Shimoliy Koreyaning «Lazarus» nomi ostida tanilgan xakerlik guruhi «Telegram» messenjeri orqali zararli dasturiy ta’minotni tarqatgan, deyiladi xabarda.

Xakerlar kriptovalyutalar bilan ishlovchi soxta kompaniyalar tuzib, mijozlarni jalb etishgan va foydalanuvchilarning qurilmalariga zararli dasturlarni  joylashtirishgan.

Kiberhujumdan Buyuk Britaniya, Polsha, Rossiya va Xitoy fuqarolari zarar ko‘rgani aytilmoqda. Yetkazilgan zarar miqdori ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Lazarus» xakerlari «Sony Pictures» (2014-y.), Bangladesh markaziy banki (2016-y.) va Hindiston bankomatlari (2019-y.)ga kiberhujumlar uyushtirganlikda gumon qilinadi. 2017-yili juda katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgan «WannaCry» virusini ham aynan ular tarqatgani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring