Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» advokatlari messenjerni bloklash qarori yuzasidan arz qildi

«Telegram» advokatlari messenjerni bloklash qarori yuzasidan arz qildi

Foto:«Ekuzmenko.ru»

«Telegram» advokatlari messenjerni zudlik bilan bloklash borasida chiqarilgan sud qaroridan arz qildi. Yuristlarning fikricha, sudda birorta ham dalil ko‘rsatilmagan. Advokatlarning arzi  messenjer manfaatlarini himoya qiluvchi «Agor» guruhining advokati Pavel Chikovning telegram-kanalida e’lon qilindi.

«Telegram» yuristlarining fikricha, sud qarori faqat taxminlarga asoslangan, shu sababli ular bloklash haqidagi qaror bekor qilinishini so‘rashmoqda.

«Roskomnadzor» (Aloqa, informatsion texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar ustidan nazorat bo‘yicha federal xizmat) rahbari  Aleksandr Jarov «The Bell» bilan suhbatda ayni damda «Telegram» degradatsiyasi 30 foizni tashkil qilishi borasida bayonot berdi. U o‘z so‘ziga qo‘shimcha qilar ekan, idorasi messenjer foydalanayotgan barcha tarmoqlarni bloklay olmaganini aytdi.

«Telegram» asoschisi Pavel Durov bloklanganiga qaramay messenjer hozircha rossiyalik foydalanuvchilar soni kamayganini ko‘rmayotgani haqida bayonot berdi. Uning aytishicha, cheklovlarni aylanib o‘tish maqsadida rossiyaliklar VPN va proksi-servislardan foydalanishmoqda.

Foydalanuvchilar yozishmalarining shifrlash kalitlari FSBga berilishi rad etilganidan so‘ng «Telegram»  Rossiyada bloklana boshlandi.   «Roskomnadzor» tashkiloti, shuningdek, bu ijtimoiy aloqa tarmog‘iga yashirincha yo‘llar bilan olib kiruvchi vositalarni bloklashini bildirdi, «App Store» va «Google Play» do‘konlaridan Rossiyada taqiqlangan  «Telegram» messenjerini olib tashlashni talab qildi.

Dushanba kundan boshlab «Roskomnadzor» «Telegram» bilan bog‘liq  «Amazon» va «Google» kompaniyalarining manzillarini bloklashni boshladi. Buning oqibatida yuzlab onlayn-servislar, jumladan internet-magazinlar, kurer xizmatlari, onlayn-o‘yinlar, «Microsoft»  kompaniyasining servislari, shuningdek Rossiyaning «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i zarar ko‘rdi.

«Roskomnadzor»ning o‘zida ham o‘z resurslariga kirishda muammolar borligi ma’lum qilindi, biroq muammolar «DDoS»-hujumlari bilan bog‘lanmoqda. «Twitter» ishida ham uzilishlar borligi aytilmoqda.

«Telegram»ning Rossiyada 15 millionga yaqin foydalanuvchisi bor, bu jami foydalanuvchilarning 7 foizi demakdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring