Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telefonni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilyapti

Telefonni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilyapti

O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtish maqsadida Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.

Ya’ni:

  • jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Davlat chegarasining aviatsiya o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor normalari belgilanadi;
  • norezidentlarga tegishli mobil qurilmalar IMEI-kodlarining kulrang ro‘yxatda bo‘lish muddati 30 kalendar kunidan 60 kalendar kuniga uzaytiriladi;
  • veb-sayt va mobil ilovalar orqali IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tartibi joriy etiladi;
  • import qiluvchilar qurilmalarning bojxona tomonidan olib kirilayotgan rasmiylashtiruvi mobil tizimi takomillashtiriladi.

O‘z navbatida hujjat bilan Raqamli texnologiyalar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul kilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish vazifasi qo‘yilmoqda.

Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach, ya’ni 2024-yil 26-yanvardan kuchga kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jismoniy shaxslarga xorijdan o‘zi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilmani bojxona to‘lovlarisiz ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati berilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring