Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telefon apparati uchun uyga bostirib kirganlar qamoqqa olindi

Telefon apparati uchun uyga bostirib kirganlar qamoqqa olindi

Foto: Tergov departamenti

2022 yil 5 mart kunidan 6 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda 22 yoshli A.Sh. o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida, tanishi 20 yoshli U.R. bilan oldindan jinoiy til biriktiradi.

Ular Samarqand shahar X.Sheroziy mahallasida yashovchi 22 yoshli M.T.ning yashash uyiga borib, eshikni taqillatishadi. M.T. uy eshigini ochganidan foydalanib, uning qarshiligiga qaramasdan uyiga kirishadi va tan jarohati yetkazishib, qo‘lida bo‘lgan 550.000 so‘mlik «Samsung-A3» rusumli telefon apparatini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishadi.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, fuqaro M.T.ga «yengil» tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan yuqoridagi shaxslar ushlanib, talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan «Samsung-A3» rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 3-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring