Tbilisida to‘qqiz kishi garovga olindi
Tbilisida noma’lum shaxs to‘qqiz kishini garovga oldi, deya xabar berdi Gruziya IIV.
Hodisa Sereteli prospektidagi mikromoliyaviy tashkilotda yuz berdi.
Politsiya hududni qurshab olgan, maxsus operatsiya amalga oshirilyapti.
OAV guvohlarning so‘zlariga tayanib, hujum qiluvchilar besh kishi ekanligi va ular granatalar bilan qurollanganini yozishmoqda.
Bundan tashqari, «Rustavi 2»ning ma’lum qilishicha, garovga olingan ikki nafar kishi qo‘yib yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter