Tbilisi meri: «Gruziya koronavirusga qarshi muvaffaqiyatli kurashyapti va buni jahon tan olyapti

Gruziya koronavirusga qarshi muvaffaqiyatli kurashyapti va buni jahon tan olyapti — «Regnum» xabariga ko‘ra, Tbilisi shahri meri Kaxa Kaladze («Milan»da porlagan sobiq futbolchi) 27-aprel kuni jurnalistlar bilan suhbatda shunday dedi.
Solishtirish uchun: koronavirusni yuqtirganlar Armanistonda — 1 808, Ozarbayjonda — 1 678, Gruziyada — 496 nafar.
Kaxa Kaladze, shuning barobarida, kurash hali davom etayotganini ta’kidlab, fuqarolarni himoya niqoblarini taqib yurish va boshqa tavsiyalarga rioya etishga chorladi.
Eslatib o‘tamiz, Gruziyada bugun, 27-apreldan avval koronavirus tarqab ketishiga qarshi joriy etilgan cheklovlar bekor qilina boshladi.
Ekspertlar Gruziyada COVID-19 bilan kasallanish eng yuqori cho‘qqisiga aprel oxiri, may oyi boshlarida chiqishini taxmin qilishyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter