Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar bir yilgacha muddatga alohida himoyaga olinadi
Videoselektor yig‘ilishida Prezident «Oilada ayollarning huquqiy himoyasini kuchaytirishimiz shart», deb ta’kidladi.
Amaldagi tartibga muvofiq, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinadi. Lekin, bu muddat o‘tgandan keyin ular bilan ishlash tizimida bo‘shliq bo‘lib qolgan.
Bundan buyon, ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyasi sud tomonidan kafolatli ta’minlanadi. Alohida himoyaga olish bir yilgacha muddatga belgilanadi.
Bunda:
- mahalla raisi Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish komissiyasiga bosh bo‘ladi;
- mahalladagi xotin-qizlarga mas’ul ayol jabrlangan ayollarga motivatsiya beradi, turmush qiyinchiliklarini yengishni o‘rgatadi, bunga psixologlarni jalb qiladi;
- hokim yordamchilari bunday oila a’zolarining bandligini ta’minlaydi;
- profilaktika inspektori zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini o‘zgartirish choralarini ko‘radi.
Senat, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan yangi tizim yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter