Tayvanda 7,2 magnitudali zilzila qayd etildi
Bugun 18-sentyabr kuni Tayvanda kuchli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Sunami xavfi ham bor deya tahmin qilinmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
7,2 magnitudali yer silkinishi UTS 6:44 (Toshkent vaqti bilan 11:44) da qayd etilgan. Xitoylik seysmologlarning taxminicha, zilzila epitsentri orolning sharqiy sohilidagi Xualyan okrugida joylashgan bo‘lib, epitsentri 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Hozircha qurbonlar bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot yo‘q. Biroq Xitoy OAVlarining yozishicha, Yuli shahrida bino qulagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter