Tayvan: 3G-tarmoq to‘xtatiladi — tezlik oshiriladi
Tayvandagi yirik operatorlar, xususan, «Taiwan Star», «Chunghwa», «Big Brother», «Far Eas Tone» kompaniyalari 2019-yilning 1-yanvaridan 3G standartida aloqa xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatadi.
Hali 3G aloqani tuzukroq o‘zlashtira olmagan mamlakatlar bor... Tayvan uchun esa bu standart eskirib ulgurdi.
Tayvanda 2G standartida xizmat ko‘rsatish bilan xayrlashilganiga bir yarim yildan oshdi. Operatorlar esa fursatni boy bermay fuqarolarni 4G standartidan foydalanishga chorlashni boshlashdi. 2G yo‘q bo‘lganidan so‘ng 3G xizmatidan foydalanuvchilar soni keskin qisqarib ketdi, hozir 230 mingtacha kishi «uchinchi avlod»dan foydalanyapti. Ekspertlar 10-15 kun ichida shuncha abonentning yarmi ham qolmasligiga kafolat berishyapti.
Chunki 4G da tezlik juda yuqori: ko‘chma abonentlar uchun — 100 Mbit/soniya, stansionar abonentlar uchun — 1 Gbit/soniya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter