Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvan Xitoy kemasini qo‘lga oldi: vaziyat qanday o‘zgaradi?

Tayvan Xitoy kemasini qo‘lga oldi: vaziyat qanday o‘zgaradi?

Tayvan qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Xitoy ekipaji boshqargan yuk kemasini orol qirg‘oqlari yaqinida suv osti aloqa kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda Sohil xavfsizlik xizmati xabarida aytilgan.

Tayvanni Pengu orollari (Peskador orollari deb ham ataladi) bilan bog‘lovchi kabel bugun, 25- fevral kuni ertalab uzilib qoldi.

Orollar orasidagi aloqa uzilmagan, chunki zaxira kabeli avtomatik ravishda ishga tushirilgan. Biroq qirg‘oq qo‘riqlash xizmati voqeani o‘rganib chiqdi va kabel uzilgan hududdagi yagona kemani hibsga oldi. Bu sakkiz kishidan iborat ekipaji faqat Xitoy fuqarolaridan iborat Togo bayrog‘i ostida suzib yuruvchi Hong Tai 58 kemasi bo‘lib chiqdi. Tayvan rasmiylariga ko‘ra, kema Xitoyga tegishli. Hozirda kema Taynan portida joylashgan.

Sohil Xavfsizlik xizmati xodimlarining ta’kidlashicha, kabelga yetkazilgan zarar qo‘poruvchilik harakati yoki baxtsiz hodisa ekanligi haqida hali yakuniy xulosaga kelinmagan. Biroq, departament vakilining The New York Times gazetasiga aytishicha, Sohil qo‘riqlash xizmati kemaning qo‘poruvchilik aktida ishtirok etgani ehtimolini istisno etmaydi. Xitoy tomoni Hong Tai bilan sodir bo‘lgan voqeaga hozircha izoh bermadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring