Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayfun tufayli Shanxaydan salkam 200 ming kishi ko‘chirildi

Tayfun tufayli Shanxaydan salkam 200 ming kishi ko‘chirildi

Foto: «Xinhua»

O‘ninchi «Ampil» tayfuni yaqinlashishi munosabati bilan Xitoyning Shanxay shahridan 190 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Shuningdek, 390 aviareys bekor qilindi. Bu haqda «Xinhua» xabar berdi.

Tayfun soatiga 25 km tezlikda harkatlanmoqda va kun o‘rtasida Shanxayga yopiriladi. Ma’lum qilinishicha, Xitoy megapolisiga yaqinlashayotgan «Ampil» tayfuni epitsentrida shamol kuchi o‘n ballni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring