«Taxtaqoracha» dovonida yo‘l o‘pirilishi sodir bo‘ldi
13-mart kuni soat 16:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bunga sabab dovonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘pirilish yuzaga kelgan.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Dovon qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 12-mart kuni «Qamchiq» dovonida ham yo‘l o‘pirilishi sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter