TATUda inkubatsiya markazi ochildi (foto)
Bugun, 6 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «TUIT INCUBATION CENTRE» markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
Bugungi kunda ta’lim tizimini isloh qilishda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-Parklar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Markaz avvalo, ilg‘or startap g‘oyalar va innovatsion ishlarni monitoring qilish, tanlash va inkubatsiya qilish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, yoshlarning startap jamoalarini shakllantirish, loyiha faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash, jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar, doktorantlar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish vazifalarini bajaradi.
Inkubatsiya markazi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuterlar hamda AKT jihozlari bilan ta’minlangan. Talabalarning o‘qib izlanishlari uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgan.
Markaz faoliyati davomida kelajakda konsalting xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, shartnoma asosida raqamli iqtisodiyot, pedagogika-psixologiya, fizika astronomiya va ta’limning barcha sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro grantlar, ilmiy tadqiqot loyihalari tanlovlari va konferensiyalarda ishtirok etishni rejalashtirgan.
Tashrif doirasida AKT vaziri universitetda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbat uyushtirildi. Unda yoshlarni qiziqtiradigan barcha masalalar ham muhokama qilindi. Yoshlar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter