Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’til so‘nggi qo‘ng‘iroqsiz boshlandi

Ta’til so‘nggi qo‘ng‘iroqsiz boshlandi

Foto: «News.tj»

Tojikistonda bugun, 7-iyun kuni barcha maktablarda o‘quv yili tugadi. Lekin so‘nggi qo‘ng‘iroqlar chalinmadi. Bu haqda «Ca-news.org» xabar bermoqda.

Mamlakatdagi barcha maktablarda o‘quvchilar yozgi ta’tilga so‘nggi qo‘ng‘iroqsiz chiqib ketishdi.

Tojikiston ta’lim va fan vaziri qaroriga binoan 2017—2018-o‘quv yili so‘nggi qo‘ng‘iroqsiz yakunlangan.

Avvalroq bir maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarga 7-iyun kuni oddiy formada maktabga kelishlarini buyurgan.

Tojikistonda oxirgi marta 2009-yili 25-may kuni so‘nggi qo‘ng‘iroq chalingan edi. Keyinroq bu tadbir may oyining so‘nggi sanasiga, sal o‘tib esa iyun oyining boshiga ko‘chirilgan edi.

2016-yil 24-may kuni Tojikiston ta’lim va fan vaziri Nuriddin Said barcha maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq nishonlanmasligi to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkan edi. Shundan beri barcha maktablarda birinchi va so‘nggi qo‘ng‘iroqlarning ovozi eshitilmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring