Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot berdi
2022-yil 28-fevral Toshkent vaqti bilan 17:15 da Polshaning Katovitse shahridan «Uzbekistan Airways» AJ maxsus samolyoti Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimiz bilan uchib ketdi.
Maxsus reys bilan olib kelinayotganlar orasida ayollar, bolalar, talabalar va turli soha xodimlari bor.
Ayni paytda «Karchova» nazorat-o‘tish punktida Ukrainaning Lvov shahridan kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘planish nuqtasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan, bugun kun davomida yurtdoshlarimizni olib ketish uchun yana bir maxsus samolyot tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter