Tashqi ishlar vaziriga yangi maslahatchi tayinlandi
Tashqi ishlar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi – Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi tayinlandi.
2021-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV hay’atining kengaytirilgan majlisida vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi – vazirlik rasmiy vakili lavozimiga tayinlangan Yusuf Qobuljonovni tanishtirdi.
Yu.Qobuljonov diplomatiya sohasida 2009-yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida xizmat qilgan.
U 2009-2016-yillarda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ikkinchi kotibi, birinchi kotibi, vazirlik huzuridagi «Jahon» axborot agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
Yusuf Qobuljonov 2016-2018-yillarda Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021 yillarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter