Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonga keladi

Shu yilning 6 – 9-mart kunlari Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter