Tarmoqdagi xavotirli xabarlar rostmi? IIBB izohi
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Toshkentda atir sotuvchi ayollar yurganligi, ular sotayotgan atirni hidlagan shaxs vafot etayotganligi haqida audioxabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.
«Mazkur xabar haqiqatga mutlaqo zid bo‘lib, bu kabi holatlar Toshkent shahrida qayd etilmaganligini, shu mazmundagi yolg‘on xabarlar bir necha yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurganligini ma’lum qilamiz.
Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari! Sizlardan, asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni hamda tarqatmaslikni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Avvalroq Bosh prokuratura Toshkentdagi bog‘chada sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter