Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixiy obidalarimiz haqida 12 tilda ma’lumot. Qashqadaryoda ham sayyohlik ob’yektlariga QR-kodlar o‘rnatilishi boshlandi

Tarixiy obidalarimiz haqida 12 tilda ma’lumot. Qashqadaryoda ham sayyohlik ob’yektlariga QR-kodlar o‘rnatilishi boshlandi

Foto: «Uzbektourism.uz»

Buxorodagi tarixiy obidalarimizda QR-kodlar o‘rnatila boshlangani haqida avval xabar qilgan edik. Endi Qashqadaryoda ham bu ishga qo‘l urildi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«VERUM QR» loyihasi doirasida Shahrisabz turizm hududidagi tarixiy obidalar, mehmonxonalar, restoranlar va boshqa inshootlar QR-kodlar bilan ta’minlandi.

Foto: «Uzbektourism.uz»

Sinov tartibining birinchi bosqichida Shahrisabz shahrida QR-kodlar o‘rnatildi. Shu yilning 1-apreliga qadar Qashqadaryo viloyatining barcha sayyohlik ob’yektlarida ushbu tizim o‘rnatiladi. Obidalar va inshootlar haqidagi ma’lumotar 12 tilda taqdim qilinadi.

QR-kodlar yordamida sayyohlar o‘z smartfonlari orqali shunday kod o‘rnatilgan har bir ob’yekt haqida ma’lumot oladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring