Taqiqlangan joyga mashina qo‘yganlarga qarshi «ov» boshlandi (video)

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidabuzarligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda bir qator choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida xabar berildi.
Poytaxt ko‘chalarida to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzgan haydovchilarga nisbatan joyida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirib, transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalariga rioya kilinmagani oqibatida mazkur transport vositasi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 291-moddasiga asosan transport vositasi maxsus to‘xtash joylari (jarima maydoni)ga evakuatsiya qilinmokda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori bilan Toshkent shahrida transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtab turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritilib, bunda haydovchisi bo‘lmaganda ham noto‘g‘ri to‘xtab turish holatini qayd etish va bayonnomalar tuzilishi nazarda tutilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter