Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva «Xabar.uz» jurnalistiga yana qo‘ng‘iroq qildi

Tanzila Norboyeva «Xabar.uz» jurnalistiga yana qo‘ng‘iroq qildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva «Xabar.uz» jurnalisti Barno Sultonovaga qo‘ng‘iroq qildi.

Gap shundaki, yaqinda bo‘lib o‘tgan gender tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tadbirdagi chiqishi ortidan parlament yuqori palatasi rahbari katta axborot bosimi ostida qolgandi. O‘sha tadbirda ishtirok etgan «Xabar.uz» jurnalisti ijtimoiy tarmoqlardagi bir tomonlama muhokamalardan farqli o‘laroq, tadbirda aslida nimalar deyilgani va bundan qanday maqsad ko‘zlanganini  xususida  «Senat raisi nima degan edi?» sarlavhali maqola e’lon qildi. Insof yuzasidan ta’kidlash  kerak, jurnalistimizning xolislik mezonidan turib yozgan maqolasi katta-kichik doiralarda haqli e’tirof etildi.

Senat raisining xodimimizga qo‘ng‘irog‘ining boisi ham shunda bo‘lib, jurnalist Barno Sultonovaning xolisligidan minnatdor ekanini izhor etdi.

Bu Tanzila Kamolovnaning tahririyatimizga birinchi qo‘ng‘irog‘i emas.  O‘tgan yili hamkasbimiz Senat raisiga bir emas, ikkita  ochiq xat yo‘llab, ularda xotin-qizlar muammolari  aniq misollar bilan ko‘tarilgan edi. O‘sha chiqishlaridan keyin ham Oliy dargohdan tahririyatimizga qo‘ng‘iroq bo‘lganidan xabaringiz bor.

Bir qarashda Davlatning Ikkinchi Shaxsi tomonidan bir jurnalistga qilingan qo‘ng‘iroq favqulodda voqeaga o‘xshamas.  Bunday qarash bahsliroq, aslida. Chunki, bitta qo‘ng‘iroq davlat amaldorining hamkasbimiz timsolida jurnalistlarga bo‘lgan e’tiborini  namoyon etsa, ikkinchi tomondan ommaviy axborot vositalarining quvvatini ham ko‘rsatadi.

Gap shunda!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring