Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva vodiy viloyatlaridagi o‘rganishlarga to‘xtaldi

Tanzila Norboyeva vodiy viloyatlaridagi o‘rganishlarga to‘xtaldi

Foto: Senat axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 44-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

An’anaga muvofiq yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqilishidan avval senatorlar hududlarda olib borgan o‘rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklar, aholini qiynagan muammolar  qizg‘in muhokama qilindi.

Bu borada Senat raisi T.Norboyeva Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar va vazifalar yuzasidan olib borilgan o‘rganishlarga to‘xtaldi.

— Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida Ishchi guruhlarimiz dastlabki o‘rganishlar o‘tkazdilar, qator muammoli masalalar aniqlandi, ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli aniq choralar belgilandi.

Xususan, vodiy viloyatlaridagi tuman (shahar)larning har biri bo‘yicha jami 1 220 ta banddan iborat «Yo‘l xaritalari» (jami 49 ta) qabul qilindi.

Unda hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmlarini va budjetga tushumlarni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha 2023 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq belgilandi.

Avvalo Hukumat, qolaversa mas’ul etib belgilangan mutasaddi respublika va mahalliy ijro organlaridan ko‘rsatilgan har bir bandning ijrosi uchun javobgarlik talab etiladi. Mazkur vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinadi. O‘z navbatida ularni amalga oshirishda Senat tomonidan barcha zarur ko‘mak ko‘rsatiladi», dedi Senat raisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring