Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

Tanzila Norboyeva Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha, 30 iyun kuni Boku shahrida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligini, xususan, ikki mamlakat parlamentlari orqali rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Ozarbayjon rahbarining yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring