Tanzila Norboyeva gaz va svet muammolari bo‘yicha Prezidentga axborot berilishini aytdi
Ayni soatlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Yalpi majlis Youtube portalida ham onlayn tarzda berib borilayotgani bois ko‘plab foydalanuvchilar paydar-pay munosabat yozib qoldirilmoqda. Munosabatlarning aksariyati bugungi sovuq kunlar gaz va svet ta’minotidagi muammolar xususida bo‘lib, senatorlardan unga jiddiy e’tibor qaratish talab qilinayotir.
Kun tartibidagi masalalar muhokamasi jarayonida senator Farmon Toshev Senat raisidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan munosabatlarga e’tibor qaratishni so‘radi. O‘z navbatida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva yalpi majlisni boshqarishi barobarida ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatib borayotgani aytib, bir necha achchiq-aiichq munosabatlarni o‘qib berdi. Va shu joyning o‘zida Senatning tegishli qo‘mitasiga mutasaddilar bilan bog‘langan holda gaz va svet ta’minotidagi taqchilliklar sababiga aniqlik kiritish topshirig‘ini berar ekan, bu haqda davlat rahbariga axborot berilajagini ta’kidladi.
Alohida qad etish shart, tarmoqda qoldirilayotgan munosabat-izohlarning aksariyati tanqiddan iborat bo‘lmoqda.
Oliy Majlis Senati majlisi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter