Tanzila Norboyeva 12 mingdan ortiq oila qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashayotganini aytdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarga aloqador bir qancha masalalar, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ma’ruzasida yurtimizda qonuniy nikohdan o‘tmasdan, faqat shar’iy nikoh bilan yashayotganlar borasida to‘xtalib o‘tdi.
– Bilamizki, bunday nikohlar qonunchiligimizda noqonuniy nikoh hisoblanadi va yurtimizda 12 mingdan ortiq oila qonunan nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotgani aniqlandi. Shundan mahalla va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi aralashuvi bilan 5152 ta oila nikohi qonuniylashtirildi, – dedi Tanzila Norboyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter