Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Narbayeva: «Biz yosh olimalar avlodini tarbiyalashimiz kerak»

Tanzila Narbayeva: «Biz yosh olimalar avlodini tarbiyalashimiz kerak»

Gender tenglikni ta’minlash strategiyasida xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning innovatsion g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida 31 ming nafardan ziyod ilmiy xodim ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ularning qariyb 40 foizini ayollar tashkil etgan.

Xususan, xotin-qizlarning 73 foizi oliy ta’limda, 16,5 foizi davlat sektorida, 10 foizi tadbirkorlik sohasida, 0,2 foizi notijorat sektorida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayollar asosan Toshkent shahrida yig‘ilgan (49,6 foiz). Hududlarda esa ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ko‘rsatkichi pastligicha qolmoqda.

Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ayollarning 3 568 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, ularning 707 nafari fan doktori,

2 412 nafari fan nomzodi va 449 nafari PhD ilmiy darajasiga ega xodimlar hisoblanadi.

Hozirgi kunda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq umumiy yillik moliyaviy hajmi 45,4 mlrd so‘mlik 82 ta ilmiy loyiha (27,8 mlrd so‘mlik 57 ta amaliy, qariyb 17 mlrd so‘mlik 25 ta innovatsion loyiha) olima ayollar tomonidan bajarilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring