Tanzaniyada chaqmoq uch ayolni hayotdan olib ketdi
Kuni kecha Tanzaniyaning turli hududlarida chaqmoq urishi natijasida uch nafar ayol hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «Regnum» mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib.
Xabarga ko‘ra, ayollardan biri Kisaki qishlog‘ida yomg‘ir suvini yig‘ayotganda chaqmoq urgan. Tanzaniya fuqarosi bo‘lgan qolgan ikki nafar ayol esa Dunduma qishlog‘ida fermesiga ketayotganda yo‘lda chaqmoq urib halok bo‘lgan. Politsiyaning ta’kidlashicha, uchala ayol ham hodisa yuz bergan joyda olgan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter