Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli xonanda Sanobar Matmurodova vafot etdi

Taniqli xonanda Sanobar Matmurodova vafot etdi

Taniqli xonanda Sanobar Matmurodova 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Karimberdi To‘ramurod xabar berdi. 

Sanobar Matmurodova 1968-yilda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida tug‘ildi. 12 yoshida tor chalishni o‘rgandi, O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitovaga shogird tushgan.

1994 yilda Samarqand davlat universitetining musiqa fakultetida tahsil oldi.

Shundan keyin uning hayoti bevosita Samarqand bilan bog‘landi. Shu yerda yashadi, shu yerda ijod qildi, el xizmatida bo‘ldi, xalqqa tanildi, muxlislar orttirdi.

San’atkorning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring