Taniqli kurashchi Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Joriy yilning 25-mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha «Memorial Xarlampiyev» nomli jahon kubogi bahslari o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sambochilar 2ta oltin, 6ta kumush va 1ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinchi o‘rinni egallagan Dilshod Choriyevdan (sportcha sambo) olingan doping-sinamada «meldoniy» taqiqlangan moddasi aniqlangani sababli tekshiruv boshlangan.
FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining 2021 yil 23 iyun kunidagi ma’lumotiga ko‘ra, sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Choriyevning doping-sinamasida aniqlangan «meldoniy» taqiqlangan moddasi yuzasidan FIAS Axloq bo‘yicha komissiyasi yakuniy qarorni qabul qildi.
FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining Antidoping qoidalariga muvofiq, Dilshod Choriyev 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Sportchi 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok eta olmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter